
TOP–5 ta eng arzon va eng foydali maxsulotni bilasizmi?
Bo'lim: Taomlanish
TOP–5 ta eng arzon va eng foydali maxsulotni bilasizmi?Quritilgan nok ichak faoliyatiga ijobiy ta'sir o'tkazadi, organizmdan toksinlar va og'ir metallarni chiqarib tashlaydi.
O'rik turshagi kaliyning tengsiz manbaidir; yurakka yaxshi ta'sir qiladi va onkologik kasalliklar profilaktikasi uchun ajoyib vosita hisoblanadi.
Olxo'ri qoqi — oshqozon-ichak yo'li faoliyatini yaxshilashda ajoyib vositadir, u qabziyatdan xalos qiladi va ovqat hazm qilish jarayonini tartibga soladi. Shuningdek, gipertoniyadan azob chekadigan, yurak va jigar bilan bog'liq muammolari bo'lgan kishilar uchun ham ayni muddaodir. U revmatizmda ham qo'l keladi, tarkibidagi A vitamini esa ko'rish qobiliyatini yaxshilaydi.
Mayiz yaxshigina antidepressantdir, shuningdek, qalqonsimon bez kasalliklarida yordam beradi.
Quritilgan olcha erkin radikallar harakatini neytrallashtiradi va shu tariqa, terini yoshartirish xususiyatiga ega.
Sog'lom turmush tarzi va salomatlik sari — ShifoMed.uz bilan!
Teglar: