Bahor — gipo-(a)vitaminoz fasli

Bahor — gipo-(a)vitaminoz fasli

Bo'lim: Taomlanish

Bahor kelib, organizmdagi vitaminlar zaxirasi kamayadi. Ayniqsa suvda eruvchi: C, B guruh vitaminlari tanqisligi sezilib qoladi. Suvda eruvchi vitaminlar tanqisligiga sabab — yetarlicha meva, koʻkat, sabzavotlar yemaslikdir.

 

Xalqimiz qadimdan bahor kelishi bilan koʻk somsalar, koʻk chuchvara, koʻk osh, sumalak qilib kelgan va hozirda ham biroz susaygan boʻlsada ushbu anʼana davom ettirilmoqda. Bu ilmiy nuqtayi nazardan muhim anʼana! Aynan mana shunday taomlar organizmni vitaminlarga boʻlgan ehtiyojini qondiradi.

 

Bahor kelib koʻklardan turli taomlar, sumalak pishirib oʻzingiz va oila aʼzolaringiz bilan isteʼmol qilishingiz bahorgi avitaminozni yengishda yordam beradi.

 

Agar yuqoridagi kabi taomlar tayyorlashga imkoniyat boʻlmasa turli xil vitamin komplekslaridan (BAD emas, farm kompaniyalarnikidan) foydalanish mumkin.

O'xshash maqolalar