Buyraklarda tuz va toshlar bo'lsa oksalatga boy mahsulotlardan saqlanish kerak

Buyraklarda tuz va toshlar bo'lsa oksalatga boy mahsulotlardan saqlanish kerak

Bo'lim: Taomlanish

Buyraklarda tuz va toshlar bo'lsa oksalatga boy mahsulotlardan saqlanish kerak

Oksalatga boy oziq-ovqatlarni muntazam va ko'p miqdorda iste'mol qilish buyrak-tosh kasalligi rivojlanish xavfini oshiradi.

Oksalatlar organizmda kaltsiyni so'rilishini oldini oladi, bu esa kaltsiy oksalatlarini shakllanishiga olib keladi, ular toshga aylanadi. 

Shavel, ismaloq, rovoch, karam, selder, lavlagi, shokolad, qulupnay va hayvon go'shtlari kabi oksalatga boy oziq-ovqatlarni me'yoridan ortiq va doimiy iste'mol qilishda ehtiyot bo'ling.

Bundan tashqari, C vitaminini ortiqcha iste'mol qilish ham xavfli bo'lib — buyraklarda to'planadi va oksalat tuzlariga aylanadi.

Sutkasiga kamida 6 stakan toza suv ichish — buyraklarda tosh hosil bo'lishini oldini oladi.

 

Sog'lom turmush tarzi va salomatlik sari — ShifoMed.uz bilan!

O'xshash maqolalar