#Saharlik uchun foydali taom

#Saharlik uchun foydali taom

Bo'lim: Taomlanish

#Saharlik uchun foydali taom

Quruq meva qo'shilgan ovsyankali bo'tqa

Ovsyanka o'zida yog', uglevod va oqsillarni ideal miqdorda saqlaydi. 
Uglevod–60%
Oqsil–10-18% 
Yog'–5-8%
Sekin hazm bo'luvchi uglevodlar – uzoq vaqt to'qlik hissini beradi. Ovsyankani suvda yoki sutda tayyorlash mumkin. Sutda tayyorlangani foydali va to'yimli hisoblanadi.

Masalliqlar:
Ovsyanka — 1 stakan
Sut — 2 stakan
Tuz — bir chimdim
Shakar — 1 osh qoshiq
Sariyog' — 50 g

Tayyorlanishi:
Idishga sut (yoki suv) quyamiz, qaynash nuqtasiga etganda ovsyankani solamiz va yaxshilab aralashtiramiz. Shu tobda 15–20 daqiqa qaynatamiz va idishni olovdan olamiz va yana 5 daqiqaga qopqog'ini yopib qo'yib qo'yamiz. So'ngra ustiga sariyog' solib yana 5 daqiqa kutamiz. Sutli ovsyankali bo'tqa (kasha) tayyor! Unga quruq mevalar qo'shilsa yanada to'yimli va foydali bo'ladi.

 

Sog'lom turmush tarzi va salomatlik sari — ShifoMed.uz bilan!

O'xshash maqolalar