
Vitamin B7 (vitamin H yoki Biotin)Uilders, 1901 yilda aniqlagan va uni "bios" deb nomlagan
Vitamin "B7" (vitamin "N" yoki Biotin)
Uilders, 1901 yilda aniqlagan va uni "bios" deb nomlagan. (Lot: bios - xayot)
Asosiy vazifalari:
1. Oqsil va yog'lar almashinuvida ishtirok etadigan fermentlar tarkibiga kiradi;
2. Uglevodlar almashinuvida muxim - Glyukokinaza fermenti sintezida ishtirok etadi;
3. Purin almashinuvida ishtirok etadi;
4. Kollagen sintezida ishtirok etadigan oltingugurt manbai xisoblanadi.
Gipo/avitaminoz vitamin "V7" MKB-10: Ye53
Asosiy sabablari:
1. Genetik kasalliklar
2. Alkogolizm
3. Antibiotiklar qo'llanilganda
4. Malabsorbtsiya
Asosiy belgilari:
1. Oyoq va qo'l terisini zararlanishi
2. Terini quruq va nosog'lom ko'rinishi
3. Oqargan silliq til
4. Uyquchanlik, depressiya
5. Gipotoniya (qon bosim pasayishi)
6. Qonda qand va xolesterin miqdorini ortishi
7. Kamqonlik
8. Ishtaxani yo'qolishi
8. Sochlarni to'kilishi, xolatini yomonlashishi.
Sutkalik extiyoj:
Kattalarga - 50 mkg
Bolalarga - 10-50 mkg
Suratda "V7" vitaminiga (biotinga) boy maxsulotlar keltirilgan.