Alloh taolo A'rof surasida marhamat qiladi:
«Yeb-iching va isrof qilmang.

Alloh taolo A'rof surasida marhamat qiladi: «Yeb-iching va isrof qilmang.

Bo'lim: Taomlanish
Alloh taolo A'rof surasida marhamat qiladi:
«Yeb-iching va isrof qilmang. Chunki U isrof qiluvchilarni sevmas» (31-oyat).

Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Albatta, shayton sizlarning har biringizning har bir ishida hozir bo'ladi: taomiga ham hozir bo'ladi. Qachon biringizdan luqma tushsa, undagi noloyiq narsani ketkazib, keyin esin. Uni shaytonga qoldirmasin. Forig' bo'lganida esa barmoqlarini yalasin, chunki u taomining qaerida baraka bo'lishini bilmaydi», dedilar».
Boshqa bir rivoyatda: 
«U zot laganni barmoqlarimiz bilan sidirib yalashga amr qildilar va: «Albatta, sizlar taomingizning qaerida baraka bo'lishini bilmaysiz», dedilar», deyilgan.
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.

Manba: islom.uz

O'xshash maqolalar