
Tuya sutining foydali xususiyatlari
Tuya suti
Tuya suti nafaqat mazali, balki ozuqalarga boy bo’lgan Sharq mamlakatlarining an’anaviy ichimligi. Ta’mi shirin, biroq bu to’g’ridan-to’g’ri tuyaga berilgan suv va yemish sifatiga bog’liq. Shuningdek, uning xarakterli xususiyatlari orasidan quyilganda oson ko’pirishi va boshqa hayvon sutlariga qaraganda quyuqroq ekanligini ajratib ko’rsatish mumkin.Tuya suti nafaqat mazali, balki ozuqalarga boy bo’lgan Sharq mamlakatlarining an’anaviy ichimligi. Ta’mi shirin, biroq bu to’g’ridan-to’g’ri tuyaga berilgan suv va yemish sifatiga bog’liq. Shuningdek, uning xarakterli xususiyatlari orasidan quyilganda oson ko’pirishi va boshqa hayvon sutlariga qaraganda quyuqroq ekanligini ajratib ko’rsatish mumkin.
Umuman olganda, tuya suti juda yog’li emas (5 foizdan oshmaydi). Ko’pincha ikki o’rkachli tuyalar yetishtiriladi, chunki ularning suti bir o’rkachli tuyanikiga qaraganda yog’liroqdir. Shuningdek, tuya suti sigir sutidan ko’ra foydaliroq hisoblanadi.
Bundan tashqari, yog’ kislotalari tufayli, bu mahsulotni muzlatish mumkin. Eritilganidan keyin uning zardobi ajralib qolmaydi.
Tuya sutidan qanday mahsulotlar tayyorlanadi?
Tuya sutidan quyidagi kabi mahsulotlar tayyorlash mumkin:
- Qimiz;
- Laban (ta’mi qatiqni eslatadi);
- Labne (zaytun moyiga botirib olinadigan va souslar va salatlar uchun xizmat qilgan pishloqli to’pchalar);
- Sariyog’;
- Eritilgan sariyog’;
- Sutli kokteyllar;
- Muzqaymoq;
- Pishloq.
Bundan tashqari, tuya suti achitqi sut mahsulotlari olish uchun boshqa hayvonlarning suti bilan aralashtirilishi mumkin, masalan qatiq, ayron (chalop), suzma, qurut tayyorlashda.
Foydali xususiyatlari
Tuya sutining foydasi uning tarkibidagi noyob moddalar mavjudligida yotadi. Ushbu mahsulot tarkibida temir mikroelementi mavjud, u qon tarkibini yaxshilaydi va hujayralardagi metabolik jarayonlarda ishtirok etadi.
Bundan tashqari, o’zida qizil qon tanachalari hosil bo’lish jarayonini faollashtiradigan aminokislotalar saqlaydi, shuning uchun tuya suti kamqonlikdan aziyat chekadiganlarga ayniqsa tavsiya etiladi.
D vitamini mavjudligini hisobga olganda bu mahsulot bolalarda osteoporoz va raxit xavfini kamaytiradi. B guruh vitaminlari esa asab tizimining faoliyatini normallashtiradi va stress, uyqusizlik va charchoqdan qutilishga yordam beradi.
Ko’p miqdorda natriy mavjudligi tufayli tuya suti chanqoqni tezda qondiradi, bu cho’lda safar qilish davrida ayniqsa muhimdir. Qolgan mikroelementlar qatorida hujayra fermentlarining bir qismi bo’lgan kobalt, yuak-tomir tizimi faoliyatini yaxashiladigan kaliy ham mavjud
Kaloriyaligiga kelganda, bu ko’rsatkich yuqori emas (82 kkal), shuning uchun vazn tashlash davrida va qomatni buzmaslik uchun uni oz miqdorda iste’mol qilish qarshi ko’rsatilmaydi.
Tuya suti bilan davolash
Tuya sutining saraton va oq qon kasalligini davolashda yordam berishi ilmiy jihatdan tasdiqlangan. Ehtimol, bu xususiyati uning tarkibida tanadan saraton rivojlanishini rag’batlantiruvchi moddalarni chiqarib tashlashga yordamlashadigan moddalar mavjudligiga bog’liq.
Bundan tashqari, tuya sut sil, oshqozon yarasi va oshqozon-ichak trakti bilan bog’liq boshqa muammolarni davolashda ishlatiladi. Ushbu mahsulotni oshqozon osti bezi, jigar va ichak muammolari mavjud bo’lganda qabul qilish tavsiya etiladi.
Tuya sutini qandli diabetdan aziyat chekadigan bemorlar qondagi qand miqdorini saqlab turish uchun iste’mol qilishlari mumkin. Shifokorlar kunlik miqdorni 500 mililitrdan oshirishni tavsiya etmaydilar.
Tuya suti muqobil tibbiyot sohasida keng qo’llaniladi. Misol uchun, jigar sirrozida tuya suti bilan davolanash buyuriladi. Buning uchun 1 litr sutga olti choy qoshiq yaxshilab ezilgan zira nisbatida aralashma tayyorlanadi. Kuniga 100 ml`dan 21 kun qabul qilinadi. Sut qabulidan keyin ikki soat davomida ovqatlanish yoki biron suyuqlik ichish tavsiya qilinmaydi. Davolanish kursi tugagach, bir oy tanaffus olish kerak, so’ng yana takrorlash mumkin.
Altsegeymer kasalligida bemorlarga xotirani yaxshilash, yaxshiroq uxlash, jismoniy faollikni oshirishda yordam beradi. Autizmda organizmda antioksidant fermentlar va ta’siri shunga o’xshash bo’lgan moddalar darajasini o’zgartiradi, oksidlanishli stress oqibatlariga qarshi kurashadi.
Tuya suti haqida Abu Ali ibn Sino nimalar degan?
Tabobat ilmi sultoni Abu Ali ibn Sino «Tib qonunlari» asarida tuya sutining shifobaxshligi hususida yozib qoldirgan. Tuya suti juda mazali va to‘yimli mahsulotdir. Sharq mamlakatlarida bu ne’mat azaldan sevib iste’mol qilinadi.
Tuya suti tarkibida V1, V2vitaminlari, temir, fosfor, oltingugurt, kalsiy moddalari mo‘l. Ayniqsa, S va D vitaminlari tuya sutida sigir sutiga nisbatan uch barobar ko‘p. Sut shakari – kazein va laktoza moddalari esa aksincha tuya sutida kam miqdorda bo‘ladi.
Agar bemorning immuniteti (organizmning kasalliklarga qarshi chidamliligi) past bo‘lsa har kuni 0,5 litrdan yangi sog‘ilgan tuya sutini och qoringa ichib yursin. Keyin 4 soat o‘tgach ovqatlansa bir oy yoki 40 kun o‘tgach o‘zida ijobiy o‘zgarishlarni his etadi.
Tuya sutini iste’mol qilgan davrda bemor achchiq, sho‘r, dudlangan va turli konserva muhsulotlari, shuningdek, spirtli ichimliklarni ichish, sigaret chekishdan tiyilishi kerak. Chunki, parhez tutish tuya sutining shifobaxsh ta’sirini oshiradi.
Dastlab bu sutni iste’mol qilganda bemorning ichini surishi mumkin. Yana qusish ehtimoli ham bor. Bu holatda ham bemor sut ichishni to‘xtatmasligi kerak. Organizm bu vaqtda tanadagi ortiqcha xilt (shlak)lar, toksin (zahar)lardan tozalanayotgan bo‘ladi. Shunda ham ich ketishi to‘xtamasa tuya sutidan tayyorlangan qatiq ichishi lozim.
Tuya suti tabiiy, toza asal bilan ichilsa, gijjalarni yo‘qotib, me’da-ichak tizimidagi yaralarni tuzatadi. Yangi sog‘ilgan tuya suti gastrit (me’da shilliq qavati yallig‘lanishi)ga davo hisoblanadi.
Shuningdek, sil kasalligi va pnevmoniya (zotiljam)da ham tabiblar tuya sutini ichishni tavsiya etishadi. Shakar bilan aralashtirib ichilgan tuya suti teri rangini tiniq va chiroyli qiladi, ajinlarni tekislaydi.