
#Iftorlik uchun foydali taom
Bo'lim: Taomlanish
#Iftorlik uchun foydali taom
Marinadda pishirilgan baliq
Masaliqlar:
• Baliq – 300 g
• Smetana – 100 g
• Ozgina imbir (zanjabil) ildizi
• Sarimsoq – 2 ta bo'lakchasi
• Zaytun moyi – 1 osh qoshiq
• ½ choy qoshiq qizil bulg'or qalampiri, tabga ko'ra tuz, ziravorlar, ko'katlar.
Tayyorlanishi:
1. Baliqni tozalab, mayda bo'laklarga bo'lib olamiz.
2. Marinadni tayyorlash uchun smetanaga bir choy qoshiq tyorkadan o'tkazilgan imbir ildizi, chesnochnitsadan o'tkazilgan sarimsoq, zaytun moyi va ziravorlar solib, yaxshilab aralashtiramiz.
3. Tayyorlab olingan marinadni baliqni xamma tomoniga surtib chiqamiz va 30 daqiqa marinovka qilamiz. Folgaga o'raymiz va duxovkaga yarim soatga 200⁰ C ga qo'yamiz.
Iftorlikka taom tayyor! Yoqimli ishtaha!
Sog'lom turmush tarzi va salomatlik sari — ShifoMed.uz bilan!
Teglar: