Go'shtli salat tez va osson

Go'shtli salat tez va osson

Bo'lim: Taomnoma

Go'shtli salat

Kerakli mahsulotlar:

  1. bodring — 600 g;
  2. file — 400 g; (yoki go'sht)
  3. bulg‘ori qalampiri — 1 dona;
  4. piyoz — 1 dona;
  5. sarimsoq piyoz — 2 dona;
  6. o‘simlik yog‘i — 4 osh qoshiq;
  7. soya sousi — 3 qoshiq;
  8. qora va qizil murch;
  9. shakar — 1 osh qoshiq;
  10. sirka — (9 foizli) 2 osh qoshiq;
  11. tuz.

Tayyorlanish jarayoni:

  • Yirik-yirik to‘g‘ralgan bodringga 1 choy qoshiq tuz solib aralashtiring, 10-15 daqiqaga qoldiring.
  • O‘simlik yog‘i solingan tovada somoncha shaklida to‘g‘ralgan go‘shtni qovurib oling.
  • Yarim dumaloq shaklda to‘g‘ralgan piyozni qo‘shib qovurishda davom eting.
  • Somoncha shaklida to‘g‘ralgan bulg‘ori qalampiri va soya qo‘shib aralashtiring.
  • Maydalangan sarimsoq qo‘shing.
  • Pishganidan keyin ajralgan suyuqlikni to‘kib tashlang.
  • Bodring qo‘shib aralashtiring.
  • Tuz, murch, shakar va sirka qo‘shing.
  • Yaxshilab aralashtirib, 2-3 soatga sovitkichga qo‘ying.


Yoqimli ishtaha!


O'xshash maqolalar