Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Idishlarning ustini yoping, meshkoblarning og'zini bog'lang.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Idishlarning ustini yoping, meshkoblarning og'zini bog'lang.

Bo'lim: Taomlanish
Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Idishlarning ustini yoping, meshkoblarning og'zini bog'lang. Chunki yilda bir kecha bor, unda vabo tushadir. Yopqichi yo'q idish, bog'ichi yo'q meshkob oldidan o'tganida o'sha vabodan albatta ularga tushadir», dedilar».

Bu hadisi sharifda ham doimo, yil – o'n ikki oy davomida oziq-ovqat va ichimliklar saqlanadigan idishlar yaxshilab berkitilgan holda bo'lishi lozimligi ta'kidlanmoqda. 
Bu hadisi sharifda hozirgi zamon tib ilmlari tasdiqlagan va qat'iyat-la amal qilayotgan oziq-ovqat orqali, ularga tushgan mikroblar orqali turli xastaliklar, vabo – epidemiyalar tar­qalishi mumkin ekanligi ta'kidlanmoqda.
Demak, Islomda tibbiy ehtiyot choralari bundan bir ming to'rt yuz yil ilgari o'ziga xos uslub bilan yo'lga qo'yilgan. Bu ish ma'lum bir guruhning ishiga aylantirilmay, diniy ta'limotlar orasiga qo'shilgan. Davlat aholi o'rtasida keng tushuntirish ishlarini olib borgan.

Manba: "Hadis va hayot" 16-juz

Sog'lom turmush tarzi va salomatlik sari — ShifoMed.uz bilan!

O'xshash maqolalar