
Sabzavot va mevalarni yuvish texnikasi
Agar organik mahsulotlarni sotib olsangiz, pestitsidlar sizga kamroq taʼsir qiladi. Ammo butunlay xavfdan holi emassiz, buni unutmang.
Organik oziq-ovqat namunalarining 11 foizida pestitsid qoldiqlari aniqlangan.
Sotish uchun yetishtiriladigan sabzavot va mevalarni yuvishning turli xil usullari mavjud boʻlib, ular pestitsidlardan butunlay xalos etadi, ularning baʼzilari sinovdan oʻtgan lekin ayrimlarini sotib olish pulni behuda sarflashdir.
Masalan, Procter & Gamble mahsuloti “pestitsidlarni suvdan koʻra 98% samaraliroq yoʻq qiladi” deb reklama qilingan. Lekin uni sinovdan oʻtkazib koʻrilganda oddiy suvdan koʻra samarali emasligi aniqlangan.
Oddiy oqar suv esa pestitsid qoldiqlarining 50% dan kamrogʻini yoʻq qilishi aniqlangan. Asetonli lakni tozalash vositasi pestitsidlarni yoʻqotishda ancha samarali lekin, meva va sabzavotlarni unga botirishni maslahat bermayman!
Sirka kislotasi eritmasi, boshqacha qilib aytganda, oddiy oq sirka mahsulot tarkibidagi baʼzi pestitsid qoldiqlarini sezilarli darajada olib tashlashi aniqlangan. Ammo buning uchun 1 litr oq sirka sotib olishingiz kerak va bu sizga qimmatga tushadi. Biroq, suyultirilgan oq sirka oqar suvdan koʻra ancha yaxshiroq.
Yaxshiyamki, arzon va samarali yechim bor: TUZLI SUV. 10% li tuz eritmasi 5% sirka eritmasi bilan bir xil taʼsirga ega. Pestitsidlardan halos etuvchi ushbu eritmani tayyorlash uchun toʻqqiz qism suvga bir qism tuz qoʻshing va aralashtiring. Sabzavotlarga tuzli eritma bilan ishlov bergandan keyin ularni oqar suvda yuvishni unutmang!