Jag'-jag' va ismaloqning xususiyatlari.

Jag'-jag' va ismaloqning xususiyatlari.

Bo'lim: Salomatlik

Ismaloq

Uning tarkibida ko'p miqdorda S, E va K vitaminlari, V guruhiga mansub vitaminlar (ayniqsa, foliy kislotasi — vitamin V9), kaltsiy, magniy, marganets hamda kaliy mavjud. Bu esa suyaklar, yurak-qon tomir tizimi, immunitet va teri uchun juda foydali.

Ismaloq 100 dan ziyod fitokimyoviy moddalar, fitoadaptogenlar, karotinoidlar, fenol birikmalar manbai. Bu esa aterosklerozning oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

Ismaloqda rubiskolinlar kabi noyob moddalar mavjud. Ular opioid peptidlar bo'lib, tarkibiga ko'ra odam miyasiga ishlab chiqariladigan peptidlarga o'xshash. Tadqiqotlar shuni ko'rsatyaptiki, mazkur modda bosh miya to'qimalari himoyasini ta'minlab, xotirani yaxshilaydi

Anemiyani davolaydi va immunitetni yaxshilaydi

Ismaloqda katta miqdorda mineral tuzlar (birinchi navbatda temir birikmalari), shuningdek, ko‘pgina vitaminlar (A, V, R, С, RR, D) va turli mikroelementlar, oqsil, yod bor. Ayniqsa. anemiyaga chalinganlarga bu ko‘kat juda foydali.
Qish bo‘yi vitamin tanqisligidan qiynalgan organizm ismaloq orqali kerakli moddalarni oladi. Ismaloqning foydalari:

— immunitetni yaxshilaydi;
— tomirlarni mustahkamlaydi;
— oshqozon osti bezi faoliyatiga yordam beradi;
— gipertoniyaning oldini olishga xizmat qiladi;
— yengil surgi ta’siri ko‘rsatadi;
— hujayralarning qarishini sekinlashtiradi.

Bundan tashqari, asab faoliyati buzilgan va qattiq toliqqan kishilarga ham ismaloqning foydasi katta.

Qabziyatda

Ich yaxshi yurishmagan va qorin dam bo‘lgan mahallarda 10 gramm ismaloq bargini bir stakan suvda qaynatib, ichilsa, ichaklar ishi ancha ravonlashib, qorin damligi kamayadi.

Milklar yallig‘lanishida

og‘izni, bodomsimon bez og‘riganda tomoqni ismaloqning yangi olingan suvi bilan chayqash foyda beradi.

Ismaloq bargining qaynatmasi asab tizimi faoliyati buzilganda tinchlantiruvchi vosita sifatida ichib turiladi. Qaynatma tayyorlash uchun 1 osh qoshiq to‘g‘ralgan ismaloq 200 gramm suvda 10 daqiqa qaynatiladi va 1 soat tindirib qo‘yiladi. Suzib olib, kuniga 3 mahal yarim piyoladan ichib turiladi.

Ismaloqni bolalarga ko‘p bermagan ma’qul. Chunki uning tarkibida shovul kislota ko‘p bo‘lib, buyrak, jigar, o‘n ikki barmoq ichak va o‘t pufagi faoliyatini salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur a’zolari kasallangan bemorlar ham uni iste’mol qilishdan tiyilishlari lozim.

Ismaloqning qari barglariga, ayniqsa, shovul kislotasi ko‘p bo‘ladi, shuning uchun yangi barglarini ishlatish kerak. Qolaversa, uni ko‘p saqlab bo‘lmaydi, aks holda tarkibida organizm uchun zararli tuzlar ko‘payib ketadi.

Jag‘-jag‘ qon bosimini tushirishda

Organizmga kerakli bo‘lgan biologik faol moddalarni erta bahorda o‘sib chiqqan o‘simliklarning yosh barglaridan, shu jumladan jag‘-jag‘ bargidan olish mumkin. Jag‘-jag‘ ishtaha ochadi, me’da shirasini ajralishini yaxshilaydi, yengil surgi va o‘t haydash ta’siriga ega. Jag‘-jag‘ urug‘i xantal (gorchitsa) va qalampir o‘rnida ziravor sifatida ovqatga ishlatiladi. Yer ustki qismi tarkibida qandlar, flavonoidlar (diosmin va boshqalar), organik (limon, olma, fumar, vino) kislotalar, efir moyi, saponinlar, vitamin С, V2 va K, karotin, inozit, xolin, atsetilxolin, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Urug‘i o‘z tarkibida 28 foizgacha yog‘ va oz miqdorda siningrin glikozidi saqlaydi.


Tabobatda qo‘llanilishi

Jag‘-jag‘ asosan turli qon oqishlarda (bachadon, me’da, o‘pka, buyrak, burundan va yaralardan qon oqqanda, bavosil kasalligida) ishlatiladi. Yaralardan, shilingan joydan va burundan qon oqishini to‘xtatish uchun yangi yig‘ilgan bargni ezib, qon oqqan joyga qo‘yiladi. O‘simlik damlamasi ichdan qon oqishini to‘xtatadi. Buning uchun hamda isitma va ich ketganda damlamani ichishga beriladi. Tarkibida xolin va atsetilxolin bo‘lgani uchun jag‘-jag‘ qon bosimini pasaytirish – gipotenziv, vitamin K bo‘lgani uchun qon ivishini tezlatish, natijada qon oqishini to‘xtatish ta’siriga ega. Shuning uchun jag‘-jag‘ o‘simligidan tayyorlangan damlama va suyuq ekstrakt ilmiy tibbiyotda qon oqishini to‘xtatuvchi vosita sifatida akusherlik (tuqqandan so‘nggi qon oqishni to‘xtatish uchun) va ginekologik (kuchli va uzoq hayz ko‘rishda) amaliyotida qo‘llaniladi.

Yallig’lanishga qarshi

Jag’-jag’ning yallig’lanishni kamaytiradigan flavonoidlar va taninlar mavjud. Shuning uchun u og’riq, shish va qizarish kabi yallig’lanish holatlarini davolashga yordam beradi.

Qon ketganda

Jag’-jag’ning biriktiruvchi xususiyatlari tufayli yaralarni davolashda ishlatiladi. Bundan tashqari, hayz ko’rganda ko’p miqdorda qon ketishida ham foydalanish mumkin.

Teri salomatligida

Jag’-jag’ terining sog’lom bo’lishiga yordam beradigan antioksidantlar va antimikrobiyal ingredientlar mavjud. Shuning uchun u akne, ekzema va boshqa teri kasalliklarini davolash uchun ishlatilishi mumkin.

Ovqat hazm qilish salomatligida

Jag’-jag’ ovqat hazm qilish tizimining sog’lig’ini yaxshilaydigan tanninlar mavjud. Ushbu birikmalar ichaklarni tartibga solishga yordam beradi va ich qotishi yoki diareya kabi muammolarni bartaraf etishga yordam beradi.

Jag’-jag’ juda ko’p turli xil usullarda ishlatilishi mumkin va uning afzalliklarini hisobga olgan holda, dorivor yoki kosmetik maqsadlarda ishlatiladigan ko’plab mahsulotlarga kiritilishi mumkin. Biroq, agar siz jag’-jag’dan foydalanishdan xavotirda bo’lsangiz yoki sog’lig’ingiz bilan bog’liq muammolar mavjud bo’lsa, avvalo sog’liqni saqlash mutaxassisi bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

O'xshash maqolalar