Qatiqning inson salomatligi uchun foydali xususiyatlari

Qatiqning inson salomatligi uchun foydali xususiyatlari

Bo'lim: Salomatlik

Qatiqning foydali xususiyatlari

Qatiq – ichimliklar ichida eng foydalisi hisoblanadi. U organizmga ijobiy ta’sir qilish bilan birgalikda, turli xil kasalliklarni yengishga ham yordam beradi. Qatiqning qanday foydali xususiyatlari va xossalari bor?

1. Organizmni ozuqa moddalari bilan ta’minlaydi.

Qatiqda ko‘p miqdorda A, C, D, B vitaminlari, mineral tuzlar, oqsillar, yog‘lar va ko‘p organlar faoliyatini normallashtiruvchi sut kislotasini hosil qiladigan zamburug‘lar mavjud.

2. Immun tizimini mustahkamlaydi

Qatiq o‘zining boy tarkibi tufayli, organizmda paydo bo‘ladigan turli kasalliklar va infeksiyalarga qarshi kurashuvchi immun hujayralarini ishlab chiqaradi.

3. Oson hazm bo‘ladi

Tarkibidagi sut kislotasi oqsilning parchalanishiga yordam beradi, shuning uchun yengil hazm bo‘ladi.

4. Allergiya chaqirmaydi

Sut tarkibida ko‘plab allergiya qo‘zg‘atuvchilar bo‘lib, ular achitish jarayonida yo‘qoladi. Shu sababli, qatiq – yosh bolalar uchun ham asosiy ozuqa hisoblanadi.

5. Suyaklar va tirnoqlarni mustahkamlaydi

Qatiq tarkibida kalsiy moddasi ko‘p bo‘lgani uchun suyaklar va tirnoqlarni mustahkamlashga yordam beradi. Ko‘proq, emizuvchi onalarda kalsiy moddasi yetishmasligi sababli, ularga ham qatiq ichish tavsiya qilinadi. Keksalar uchun esa, osteoporoz kasalligining oldini olish uchun eng yaxshi vosita hisoblanadi.

6. Vaznni kamaytiradi

Bu borada ko‘pchilik, qatiq yordamida yaxshi natijalarga erishgan. Bunday parhez qondagi xolesterin darajasini pasaytirishga yordam beradi va organizmdagi ozuqa balansini ushlab turadi. Parhez qiluvchilar qatiq yordamida oqsillar, vitaminlar va minerallardan bahramand bo‘ladi.

7. Ochlik va tashnalikka barham beradi

Qatiq nafaqat ochlikni, balki tashnalikni ham qondiradi.

Har kuni qatiq ichish organizmga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Qatiqli parhez haqida eshitmagan insonni topish juda qiyin. Qatiqning salomatlikka foydali bo‘lgan jihatlari juda ko‘p, shu bilan birga uni kundalik ovqatlanish tartibiga kiritish zarur.

Qatiq tuzlangan karam yoki kimchi kabi eng yaxshi 3 ta fermentlangan mahsulotlar qatoriga kiradi. Qatiq probiotiklar manbai – “yaxshi” bakteriyalarni o‘zida mujassamlashtiradi.

Qatiq ichish inson organizmiga qanday ta’sir qiladi?

Qatiq ichakdagi mikroblarning to‘g‘ri muvozanatini, ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilaydi, ichak infeksiyalari xavfini kamaytiradi, immunitetni oshiradi, oziq-ovqatdan muhim oziq moddalarni o‘zlashtirishga yordam beradi va sog‘lom uzoq umr ko‘rishda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ichakdagi mikroorganizmlar muvozanati hatto vazn va kayfiyatni tartibga solishda ham rol o‘ynashi mumkin.

Qatiq sun’iy fermentatsiya, bir qancha moddalarning qo‘shilishi va mikroorganizmlarning boshqariladigan o‘sishi orqali ishlab chiqariladi. Sutga qo‘shilgan birinchi moddalar “qatiq donalari” deb ataladi. “Qatiq donalari” tarkibida kamida 107 koloniya hosil qiluvchi birlik KHB/g, mahsulotning oxirgi etapida esa kamida 104 KHB/g xamirturush bo‘lishi kerak. Qatiqni tanlayotganda yorliqdagi ushbu raqamlarga e’tibor bering.

Qatiqning 1, 2,5 yoki 3,2 foiz yog‘li turlari mavjud. Agar parhezingizning kaloriya tarkibini kuzatayotgan bo‘lsangiz yoki yog‘li ovqatlarni cheklamoqchi bo‘lsangiz, unda qatiqning kam yog‘li turini tanlashingiz kerak. Achitilgan sut mahsuloti qanchalik yog‘li bo‘lsa, shunchalik sog‘lom bo‘lishga yordam beradi, degan fikr xato. Biroq yog‘ miqdori kaloriya tarkibiga katta ta’sir ko‘rsatishi muhim.

Qatiq kalsiy va yuqori sifatli proteinga boy. Bu tez va to‘yimli gazak uchun variant bo‘lishi mumkin: bir stakan qatiq (250 g) 2,5 foiz yog‘ taxminan 130 kkal, 7 g qimmatli protein va kunlik kalsiy ehtiyojining 10 foizdan ko‘prog‘ini o‘z ichiga oladi.

Agar qatiqni yaxshi ko‘rsangiz, u yoqimsiz simptomlarni keltirib chiqarmasa va parhezingizda xilma-xil mahsulotlar bo‘lsa, unda bu ichimlikni har kuni kunning istalgan vaqtida ichishingiz mumkin.

Qatiqdan organizm uchun foydali bo'lgan kokteyl tayyorlash mumkin

Qatiq nafaqat hazm jarayoni, balki asab tizimi uchun ham foydali hisoblanish bilan birga kishini tetiklashtirish xususiyatiga ham ega hisoblanadi.

Unga boshqa foydali mahsulotlarni qo‘shish orqali yanada ko‘proq samaraga ega bo‘lish mumkin. Quyidagi tavsiya asosida kokteyl tayyorlab ichish esa tinchlanish hamda kishi o‘zini g‘ayratga to‘la his qilishiga yordam beradi.

1.bir stakan qatiqqa, 1 choy qoshiq asal, 2 dona yong‘oq, mayiz hamda mayda quritilgan o‘rik qo‘shing.

2.yo bo‘lmasa 1 stakan kefirga 2 osh qoshiq lavlagi sharbati, 1 choy qoshiq na’matak va 1 dona limon sharbatini qo‘shib aralashtiring.

3.yarim stakan kefirga, 1 choy qoshiq asal va bir chimdim dolchin qo‘shib ham kokteyl tayyorlash mumkin.

4.bir stakan kefirga 2 osh qoshiq barra yoki muzlatilgan klyukva (qizil nordon meva) hamda shakar qo‘shib tayyorlanadigan kokteyl ham yana bir variant.

Tayyorlangan kokteyllarni tongda och qoringa yoki tunda uyqudan avval iste’mlol qilish tavsiya qilinadi.

O'xshash maqolalar