
Qovunning foydalari, Qovun haqida
Qovun haqida.
Qovun — taom o'rnini bosadigan, to'yimli, kam kaloriyali va oʻrta glikemik indeksga ega yegulik hisoblanadi.
Qovun tarkibida qimmatli modda (kuchli antioksidant) — beta-karotin miqdori juda koʻp. Beta-karotin — sariq meva va sabzavotlarda uchraydigan, ularga shu rangni beradigan oʻsimlik pigmentidir. Apelsin va sabzi toʻq sariq rangda bo'lishiga qaramay qovun tarkibidagi beta-karotin ularnikidan koʻproq ekan.
100 g qovun: 36 kkal
Oqsil — 0,5 g
Yogʻ — 0,1 g
Uglevodlar — 9 g
- Natriy — 26 mg
- Vitamin A — kunlik ehtiyojning 108%
- Tolalar — 1 g — kunlik ehtiyojning 2-3%
- Kalsiy — kunlik ehtiyojning 1%
- Temir — kunlik ehtiyojning 2% bulardan tashqari tarkibida kaliy, magniy, foliy kislotasi, fosfor, kremniy, erkin organik kislotalar saqlaydi.
Qovun tarkibida koʻp miqdorda folat (B9 vitamini) mavjud. Bu homiladorlik paytida ayol organizmi uchun zarur. Bundan tashqari u xotirani yaxshilaydi va depressiyadan himoya qiladi. Tarkibida kremniy borligi tufayli soch va teri holatini yaxshilaydi. Beta-karotin tufayli chiroyli va silliq teriga ega boʻlasiz.
Qovun tarkibida qimmatbaho element — oltin mavjud! Bu boshqa elementlar bilan bir qatorda organizmga juda zarur.
Qovun tarkibidagi vitaminlar, minerallar hamda boshqa foydali moddalar saraton va insult kabi kasalliklarning oldini olish xususiyatiga ega.
Qovun S vitaminiga boy poliz mahsuloti. 100 gramm qovun tarkibida S vitaminining kundalik 20-30 foiz iste’mol me’yori mavjud. Mazkur vitamin teri hujayralari va butun tana holati me’yorini ta’minlab, jarohatlarning tez bitishida ahamiyatli, shuningdek, suyak hamda tish mustahkamligini ta’minlaydi.
Qovun tarkibidagi A vitamini ham suyaklar, tishlar va teri salomatligiga o‘ta zarur modda bo‘lib, shuningdek, tanadagi shilliq qavat (ko‘z soqqasi, tomoq, burun shilliq qavati)larga beqiyos malham modda sifatida qadrlidir. Mazkur vitamin ko‘z soqqasi shilliq pardalarini tashqi ta’sirlardan asraydi. Ko‘z ko‘rish qobiliyatini oshiradi. Vitamin A immun tizimini mustahkamlaydi.
Mutaxassislarning fikricha, qovunning ba’zi navlari V guruhiga mansub vitaminlarga boy bo‘lib, ular organizmdagi qand va uglevodlarni ishlab chiqarish jarayonida faol ishtirok etadi. Bu jarayon esa o‘z navbatida, tana quvvatini oshiradi.
100 gramm qovun tarkibida bor-yo‘g‘i 35 kkal kaloriya mavjud bo‘lib, yog‘ moddalari deyarli yo‘q. Shuningdek, qovundagi suv miqdori iste’molchining tana ehtiyojlarini to‘liq qondirish xususiyatiga ega. Shuning uchun qovunni parhez mahsulotlar turiga kiritish mumkin.
Bundan tashqari, qovun tarkibida mavjud bo‘lgan yuqori miqdordagi karotinoidlar saraton rivojlanishining oldini olishi va to‘xtatishga yordam beradi.
Qovun tarkibidagi adenozin antikoagulyanti qon parchalanishini faollashtirib, yurak va qon-tomir kasalliklari, ya’ni insultning oldini oladi. Kaliy moddasi ham yurak va qon-tomir faoliyati tizimini yaxshilab, gipertoniya kasalligi – hafaqonlik kelib chiqishini to‘xtatadi.
Shuningdek qovun buyrak kasalliklarini davolash xususiyatiga ega. Agar qovun har kuni ertalab iste’mol qilinsa (albatta, qovun pishig‘i mahalda) buyrak faoliyatida hech qanday muammo bo‘lmaydi. Qovun+limon formulasi, ya’ni qovun limon sharbati yoki o‘zi bilan iste’mol qilinsa podagra kasalligini davolaydi.
Shuningdek, qovun oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilaydi, ich qotishining oldini oladi, oshqozondagi ishqorlanish jarayonini me’yorlashtirib beradi.
Qovun tarkibidagi vitaminlar teri tarangligini ta’minlaydi va uning qarishiga qarshi kurashadi. Yuz terisidagi chuqur ajinlarni yo‘q qilish uchun qovunni faqat iste’mol qilibgina qolmay, balki parrak qilib kesilgan bo‘laklarini bir necha daqiqalar (15-20)ga teri yuzasiga qo‘yish ham yaxshi natija beradi.
Bundan tashqari, qovun tarkibidagi vitamin va minerallar soch o‘sishini jadallashtirib, to‘kilishining oldini oladi.
Umuman olganda, qovun shunchaki shirin poliz mahsuloti. Uni doimiy ravishda iste’mol qilish faqat koni foydadir.
Qovunda yengil hazm bo‘ladigan qandlar ko‘p saqlanadi. Shuning uchun to‘lishish (semirish)ga moyil bo‘lgan va qand (diabet) kasalligi bilan og‘riydigan bemorlarga iste’mol qilish to‘g‘ri kelmaydi. Aks holda bemorning ahvoli og‘irlashadi. Shuningdek taomlarga allergiyasi bor shaxslar ham qovun iste’mol qilishdan o‘zini saqlashi lozim.
Xalq tabobatida qadimdan qovun turli kasalliklarni davolashda keng qo‘llanib kelinadi. Undan o‘z vaqtida Ibn Sino ham ko‘p foydalangan. Meva etini bod, o‘pka sili, podagra kasalliklarini davolashda ishlatishga tavsiya etgan. Qovun qabziyat hollarda va bavosil kasalligida surgi hamda yo‘tal va yallig‘lanishga qarshi, siydik haydovchi, organizmdan gijjalarni tushiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Qovunni yumshoq eti hamda uning shirasi chanqoqni yaxshi qondiradi va nerv (asab)ni tinchlantiradi.
Qovun urug'ining foydali jihatlari
Qovun urug‘i tarkibida 35% atrofida yog‘ bo‘lib undan iste’mol va davolash maqsadlarda keng foydalaniladi. Tarvuz urug‘i yog‘i tarkibida qo‘shbog‘li yog‘ kislotalar ko‘p bo‘lib vitaminlar va mikroelementlarga boy hisoblanadi. Undagi aminokislotalar buyrakdagi tuz-suv almashinuvini normallashtiradi. Poliz ekinlari urug‘laridan olingan efir moyi qon va hujayralarda kislota-asos muvozanatini normallashtiradi, buyrakdagi toshlar erishini ta’minlaydi, prostatit rivojlanishini sekinlashtiradi, sil kasalligini davolashda lipidlar almashinuvi va xolesterinning muvozanatiga ta’sir etadi. Organizmni erta keksayishdan himoyalaydi. Garmonal faoliyatni kuchaytiradi, immunitetni oshiradi va yaralar tuzalishini tezlashtiradi. Astma, ekzema, allergiya, depressiya, qandli diabet va boshqa bir qator kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi.
Umuman olganda, tadqiq etilgan poliz ekinlari urug‘laridan olinadigan efir moylaridan farmasevtika va tibbiyotda keng foydalanish bilan birga kosmetik vositalar ishlab chiqarishda xushbo‘ylashtirgich sifatida ham qo‘llansa bo‘ladi.