
Ratsional ovqatlanish.
Bo'lim: Taomlanish
Ratsional ovqatlanish.Bu – organizmni normal o'sishi, rivojlanishi, sog'lom xayot kechirishi va kasalliklarni oldini olish uchun muximdir!
Sog'lom ovqatlanish bilan semizlik, yurak qon-tomir kasalliklari, diabet, yuqori qon bosim va saraton kasalliklari oldi olinadi.
Tavsiyalar:
Ideal ratsion tuzishda insonni mexnat faoliyati, xayot tarzi, yashash joyi inobatga olinishi kerak!
✓ Tana massasiga, maxsulotlar kaloriyasi mos bo'lishi.
✓ Tana massa indeksini (TMI) doim nazorat qilish.
✓ Yog'lardan energiya olishni cheklash kerak. Kunlik extiyoj to'yingan (xayvon) yog'lar 1/3, to'yinmagan (o'simlik) moylar 2/3 qismini tashkil qilishi kerak.
✓ Kunlik ratsionda mevalar, sabzavotlar, ko'katlar, dukkaklilar, yong'oqlar, yormalarni ulushini oshirish kerak.
✓ Oddiy uglevodlarni (shakar, asal, shirin gazli suvlar) cheklash kerak.
✓ Yodlangan tuzdan foydalanish.
✓ Vitaminlarga bo'lgan extiyojni qondirish.
✓ 1:1:4 formulaga rioya qilish!
(100 g oqsil : 100 g yog' : 400 g uglevod)
✓ 1 kg tana vazniga 30 ml suv ichish.
Manba: Wikipedia (JSST)
Sog'lom turmush tarzi va salomatlik sari — ShifoMed.uz bilan!
Teglar: