Xurmo mevasining foydasi va zararli xususiyatlari

Xurmo mevasining foydasi va zararli xususiyatlari

Bo'lim: Salomatlik

Xurmo

Xurmo — mazali va foydali meva. Xurmoda ham ko’pgina mevalarda bo’lgani kabi beta-karotin ko‘rinishidagi A vitamini bisyor. 100 gramm xurmodan organizm ushbu muhim elementlarning kunlik 12 foizini olish mumkin.

Kayfiyatni ko‘taradi

Xurmoning tarkibida monosaxaridlar: glyukoza va fruktozalar ko‘p bo‘lgani uchun u shirin. Va bu shakarning eng foydali turidir. U yurakni mustahkamlaydi va kayfiyatni ko‘taradi, qomatga esa saxarozadek kuchli ta’sir ko‘rsatmaydi.

A vitamini – kuchli antioksidant bo‘lib, hujayralarni erkin radikallardan himoya qiladi, qarish jarayonini sekinlashtirib, saraton rivojlanishi ehtimolini kamaytiradi. Turkiyada jannat mevasi yoki Trabzon xurmosi deb ataladigan ushbu meva yapon xurmosi yoki O'rta yer dengizi xurmosi kabi nomlar bilan ham ataladi.

Xurmo vitaminlar, minerallar va antioksidantlarga boy bo'lib, ularning har biri salomatlik uchun muhim foyda keltiradi. Masalan, S vitamini immunitet tizimini qo'llab-quvvatlaydi va yurak kasalliklaridan himoya qiladi. Quritilgan xurmoning foydalari xo’l mevasi bilan bir xil. Bu yangi yoki quritilgan bo'lishidan qat'i nazar, me'yorida iste'mol qilinishi kerak bo'lgan meva hisoblanadi.

Xurmoning yuzlab navlari bor va u kuz mavsumida terib olinadi. Qish boshigacha do‘konlarni rangga bo‘yab turuvchi meva xom va qotib qolganda sarg‘ayib, pishib yetganda yumshab, to‘q sariq rangga aylanadi.

Xurmoda eriydigan xun tolasi ham ko'p bo'lib, u uglevodlarning hazm bo'lishini sekinlashtiradi va qon shakarining keskin ko'tarilishini oldini oladi.

Immunitetni mustahkamlaydi

Xurmo o‘z tarkibidagi yana bir antioksidant bilan maqtanishi mumkin. Bu C vitamini — hammaga ma’lum bo‘lgan immunitet himoyachisi. Mevaning 100 grammida shamollash va grippning oldini olishda yordam beruvchi bu vitamin kunlik me’yorining 10 foizi mavjud.

Ko'z salomatligini himoya qiladi  

A vitamini ko'z salomatligi uchun muhim vitamindir. A vitamini shox pardani va ko'zning miya bilan aloqasini himoya qiladi. Xurmo ko'p miqdorda A vitaminini o'z ichiga oladi. Bitta xurmo A vitaminiga bo'lgan kunlik ehtiyojning yarmidan ko'pini qondiradi.

Xurmo ko'zlaringizni sog'lom saqlashga yordam beradi.Shuningdek, uning po'stlog'i ko'z kasalliklaridan himoya qilish uchun zarur bo'lgan luteinga boy hisoblanadi.

Ovqat hazm qilish tizimini yaxshilaydi.

Xurmo tarkibida B6 vitamini mavjud. Bu gaz, shishlik va ich qotishi kabi shikoyatlaringiz uchun foydali bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, xurmo tarkibidagi tolalar ichaklarning to'g'ri ishlashi uchun florani muvozanatlashga yordam beradi.


Yurak kasalliklariga qarshi samaralidir.

Antioksidantlarga boy xurmolarni iste'mol qilish surunkali kasalliklar xavfini kamaytirishga yordam beradi. Qondagi yomon xolesterin (LDL) darajasini pasaytirishda samarali..

Xurmo qon tomirlarini toza saqlashga yordam beradi va yurak kasalliklari xavfini kamaytiradi. Aterosklerozni oldini olishda (ateroskleroz) samaralidir.

Saratonga qarshi kurashish xususiyatiga ega.

Xurmo juda ko‘p miqdordagi saratonga qarshi moddalarni o‘z ichiga oladi. Ular organizmni hujayra metabolizmining qo‘shimcha mahsuloti bo‘lgan va sog‘lom hujayralarni mutatsiyaga olib keladigan erkin radikallardan himoya qiladi. Natijada, zararlangan to‘qimalar hududida o‘simta paydo bo‘ladi. Xurmoning bir qismi bo'lgan antioksidantlar bu xavfli jarayonlarning oldini oladi va to‘xtatadi. Xurmoda ko‘p miqdorda mavjud bo‘lgan fenolik birikmalar, A va C vitaminlari saraton kasalligidan samarali himoyalanish uchun juda muhimdir.

Qandli diabetga chalinganlar

Xurmo diabetning ikkinchi turida man etilmaydi. Biroq kuniga bittadan ortiq xurmo iste'mol qilish tavsiya etilmaydi. Mevani ratsionga asta-sekin, bir bo‘lakdan kiritish lozim bo‘ladi.

Xurmo tarkibidagi shakarga turli kishilarning organizmi turlicha reaksiya ko’rsatishi mumkin. Shuning uchun qandli diabetga chalingan  kishilar shifokor bilan maslahatlashishlari lozim.

Terini davolaydi

Xurmo ajinlarni yo’qotadi va keksayganda paydo bo’ladigan dog'larni kechiktirishga yordam beradi.

Homiladorlar

Xurmoni homiladorlikda yeyish mumkin. Biroq undagi shakar va taninlar miqdorini yodda tutish kerak. U yuqorida aytilganidek, ortiqcha vazn va ich qotishga sabab bo‘lishi mumkin.

Biroq homiladorlar uchun xurmoning foydasi ehtimoldagi kutilmagan effektlarni “yopib yuboradi”. Agar kuniga bir-ikki meva iste'mol qilinsa, mikroelementlarga boy xurmo mevasi onaga ham, bolaga ham foyda keltiradi.

Ko‘krak suti bilan oziqlantirayotgan onalar xurmo boshqa istalgan meva kabi bolada allergiya holati kuzatilishiga sabab bo‘lishi mumkinligini yodda tutishlari lozim.

Qandli diabetni oldini oladi va asoratlar xavfini kamaytiradi.

Xurmo postlog’i diabetga qarshi va antioksidant xususiyatlarga ega ekanligi isbotlangan faol moddalarni o'z ichiga oladi. Qandli diabetning boshlanishi hamda kasallikdan kelib chiqqan uzoq muddatli sog'liq asoratlarida samaralidir.

Yallig'lanishni kamaytirishga yordam berishi mumkin

Xurmo kuchli antioksidant S vitaminining ajoyib manbaidir. S vitamini hujayralarni erkin radikallar ta'siridan kelib chiqadigan zararlardan himoya qilishga yordam beradi va organizmdagi yallig'lanishga qarshi kurashadi.

Muskul salomatligini yaxshilashi mumkin

Ular bo'g'imlarning sog'lig'iga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, chunki ular tanadagi yallig'lanishni kamaytiradi, shuningdek, bo'g'imlardagi og'riqlardan himoya qiladi.

Xurmoning zarlari

Qabziyatga sabab bo‘ladi

Xurmo tarkibida tanin moddasining ko‘pligi qabziyatni keltirib chiqarishi mumkin. Xurmoni bir necha yillar davomida muntazam ravishda haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish me’da ichida bezoarlar — to‘liq hazm bo‘lmagan moddalardan tashkil topgan qattiq sharchalarning paydo bo‘lishiga olib keladi.

Terining sarg‘ayishiga sabab bo‘lishi mumkin

Organizmda beta-karotinning haddan tashqari ko‘p miqdori ayniqsa bolalarda terining sarg‘ayishiga olib kelishi mumkin. Albatta, bu holat salomatlik uchun xavf tug‘dirmaydi.

Qancha xurmo yeyish mumkin?

Shuning uchun xurmoni me’yorida iste’mol qilish kerak. Katta yoshdagi sog‘lom odamlarga bir kunda to‘rt donagacha xurmo mevasini yeyish tavsiya qilinadi.

Xurmoning salbiy samaralarini kamaytirish uchun faqat pishgan mevalarni yeng, chunki ularda taninlar kamroq.

Qabziyatni keltirib chiqaruvchi taninlar sababli uch yoshgacha bolalarning xurmo yeyishi mumkin emas.

O'xshash maqolalar