
Bola necha yoshda yurishi kerak?
Bolaning ilk qadamlari
Statistikaga ko‘ra odatda bolalar ilk qadamini 12 oyligida qo‘yadi. Bu yerda ahamiyat qaratish kerak bo‘lgan so‘z — statistikada. Sizning yagonangiz esa boshqa davrda yurish huquqiga (pediatr va fiziologlar tomonidan tasdiqlangan) to‘liq egadir.
🔷 Bolalarning yura boshlash chegarasi 8 oylikdan 1,5 yoshgacha davom etadi. Bolaning kech yurishiga quyidagilar sabab bo'lishi mumkin. Ko‘plab ota-onalar farzandlari boshqalarga nisbatan erta qadam tashlaganidan faxrlanishadi. Buni xuddi bolalarining o‘sishidan dalolat beryapti deb o‘ylashadi. Ammo bu shunchaki ota-onalar izzattalabligini ovuntirish uchun o‘ylab topilgan vaj xolos.
🔺 genetik, ya'ni ota-onasi yoki yaqin qarindoshlari kech yurgan bo'lsa, bolaning fe'l-atvori og'ir bo'lsa, vazni katta bo'lsa, vaqtidan ilgari tug'ilgan bo'lsa.
🔘 Agar ushbu holatlardan birortasi bo'lmasa va 20 oygacha bola mustaqil yura olmasa, ortoped hamda nevropatolog ko'rigiga olib borish kerak. Bola yurishga kechiksa, unga yordam berish zarur, majburlash kerak emas.
✅ Belidan yoki qo'ltiq osti sohasidan ushlab, bolani yurishiga yordam berish mumkin, plastik moslama (xodunok) ham yaxshi yordam beradi.
Biroq birinchi qadamlar kechikkanda ogoh bo‘lish kerakligiga oid aniq vaziyatlar ham bor.
Qachon xavotirlanishni boshlash kerak?
Birinchidan, sog‘lom bola nima bo‘lganda ham 20 oylikkacha ilk mustaqil qadamni qo‘yishi kerak. Bu davrgacha bolalar yetarlicha kuchga to‘lishadi va qadam tashlash ularda alohida qiyinchiliklar tug‘dirmaydi. Agar bola yurishni rad etayotgan yoki buni faqat boshqalarning yordami bilan bajarayotgan bo‘lsa, uni pediatr ko‘rigiga olib borish shart. Boshqa tor yo‘nalishdagi mutaxassislarning qo‘shimcha nazoratidan o‘tish ehtimoli ham bo‘lishi mumkin, masalan, ortoped yoki nevropatolog.Ikkinchidan, umumiy holat ahamiyatli. Gap shundaki, agar bola yurmasa, ammo uning tayanch-harakat funksiyalari aniq rivojlanayotgan bo‘lsa: bemalol ag‘dariladi, o‘tiradi, o‘yinchoqlarga tayana oladi, emaklaydi, yotoq devoriga turishga yoki divanga chiqishga harakat qiladi, qo‘lidan ushlab turilgan holatda g‘ayrat bilan sakraydi — bu bir masala. Uning harakat faolligi sizga yuqoridagi kabi yetarli darajada ko‘rinmasa, boshqa masala. Bu ham shifokor bilan qo‘shimcha maslahatlashib olish uchun jiddiy sababdir.Agar ushbu holatlardan hech biri sizga va sizning bolangizga aloqador bo‘lmasa, biroz tinchlaning. Bola albatta bunga tayyor bo‘lganini sezishi bilanoq yurib ketadi.
Bola qachon yurishi nimalarga bog‘liq?
Bu xuddi lotereyaga o‘xshaydi. Hatto bolani tug‘ilgan onidan boshlab kuzatgan va oilaviy anamnezini bilganida ham, hech qaysi pediatr aniq davrni oldindan aytib berolmaydi. Ammo taxmin qilishimizga imkon beradigan ba'zi qonuniyatlar mavjud.Irsiyat
Agar ota yoki ona o‘z davrida erta qadam tashlab boshlagan bo‘lsa, bola ham ushbu o‘ziga xos xususiyatni davom ettirishi ehtimoli bor. Va shuning aksi. Agar, masalan, ota bir yarim yoshgacha emaklab harakatlangan bo‘lsa, uning o‘g‘li aynan shu taktikani takrorlashi mumkin.Vazn va tana tuzilishi
Nisbatan do‘mboq va og‘ir bolalar uchun oyoqda turish va muvozanatni ushlash ozg‘in va muskullari chiniqqan tengdoshlariga qaraganda qiyinchilik tug‘diradi.Ba'zi shaxsiy xususiyatlar
Oyoqda tik turish va ilk qadamni tayanmasdan bosish yetarlicha tahlikali tadbir. Ba'zi bolalar «hovuzga bosh bilan» tamoyiliga binoan harakatlanadilar: ular divan yoki devorga tayanib turgan qo‘llarini shunchaki bo‘sh qo‘yishadi va noma'lum tomonga qadam bosishadi. Albatta, yiqilishadi, bu ba'zida og‘riq beradi, ammo yana harakat qilishadi. Ehtimol, xavfli xatti-harakatlarga moyillik ulardagi xarakterning bir qismi bo‘lib, keyinchalik ham saqlanib qoladi.Boshqa bolalar, aksincha, ehtiyotkorlik bilan harakat qilishadi — ular yurishadi, faqat avvaldan bu qiyinchilikni yengib o‘tishga ishonch hosil qilib olishadi.
Homiladorlik davomiyligi
Muddatidan avvval tug‘ilgan chaqaloqlar qoidaga ko‘ra bir necha tengdoshlaridan so‘ng yurishni boshlashadi.
Sog'lom turmush tarzi va salomatlik sari — ShifoMed.uz bilan!