Taomni yomonlash mutlaqo mumkin emas.

Taomni yomonlash mutlaqo mumkin emas.

Bo'lim: Taomlanish
Taomni yomonlash mutlaqo mumkin emas.

Har qanday halol taom banda uchun Alloh taoloning ne'mati, buning uchun banda Alloh taologa shukr qilishi lozim. Faqat nonko'r insongina shukr o'rniga taomni ayblashga o'tadi.
Abu Hurayra roziyallohu anhu dedi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam hech qachon biror taomni ayblamasdilar. Agar ishtahalari tortsa, erdilar. Ko'ngillari tusamasa, tark qilar edilar».
Buxoriy, Muslim, Abu Dovud rivoyat qilganlar.
Musulmonlik odobi har qanday taom tanovul qilganda uni maqtashni, ayblamaslikni va taom tayyorlagan shaxsga tashakkur izhor qilishni taqozo qiladi.
Taom tayyorlagan shaxs taom tanovul qilgan kishiga yaxshilik qilgan shaxsdir. Yaxshilik qilgan kishiga esa tashakkur aytish lozim.
Zotan, umumiy qoida shuki: «Odamlarga tashakkur qilmagan Alloh taologa ham shukr qilmaydi».

Manba: Fiqx ilmi

O'xshash maqolalar